2026 yil 10 mart kuni Xiva shahridagi 20-son maktabda Salomatlik markazi vrachi A. Boltayev tomonidan o‘quvchilar bilan sog‘lom turmush tarzi haqida targ‘ibot suhbati o‘tkazildi.

2026 yil 10 mart kuni Xiva shahridagi 20-son maktabda Salomatlik markazi vrachi A. Boltayev tomonidan o‘quvchilar bilan sog‘lom turmush tarzi haqida targ‘ibot suhbati o‘tkazildi.
Suhbat davomida o‘quvchilarga sog‘lom turmush tarzini olib borish, to‘g‘ri ovqatlanish, shaxsiy gigiyenaga rioya qilish va zararli odatlardan uzoq bo‘lishning ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, qarindosh nikohning salomatlikka salbiy ta’siri, uning oqibatlari haqida ham ma’lumotlar berildi.
Bundan tashqari, o‘quvchilarga OITS (Odam immunitet tanqisligi sindromi) va qutirish kasalligi haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Ushbu kasalliklarning kelib chiqish sabablari, oldini olish choralari hamda sog‘liqni saqlash qoidalari haqida tavsiyalar berildi.
Suhbat o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarziga qiziqish uyg‘otish va ularning tibbiy madaniyatini oshirishga qaratildi.

Сегодня, 13:48
Ko'rishlar: 1
Sahifani chop etish