TIBBIY KO‘RIKKA TAKLIF QILAMIZ

       O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2024 yil 4 apreldagi “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Xorazm viloyat sektorlari tashabbusi bilan  uzoq muddatli migratsiyadan qaytib kelgan fuqarolar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil qilinmoqda.
Tibbiy ko‘riklar 15 maydan  31 mayga qadar Xiva shahar tibbiyot birlashmasi  ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida o‘tkaziladi.
Migratsiyadan qaytgan barcha yurtdoshlarimizni tibbiy ko‘riklarda faol ishtirok qilishga chorlaymiz!

15-05-2024, 12:34
Ko'rishlar: 111
Sahifani chop etish