E'LON
Biz, Xiva shahri Guliston mahallasida joylashgan ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada joriy ta’mirlash ishlari boshlangani sababli, o‘z xizmatlarimizni vaqtincha Mevaston mahallasi, Amir Temur ko‘chasida joylashgan Eski Xon shifoxonasiga ko‘chirganimizni ma’lum qilmoqchimiz.
Ushbu o‘zgarishlardan kelib chiqib, barcha tibbiy xizmatlarimiz ushbu manzilda davom ettiriladi. Sizning qulayligingiz uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Har qanday savollar yoki qo‘shimcha ma’lumotlar uchun biz bilan bog‘lanishingiz mumkin.
Xiva shahar tibbiyot birlashmasi ma’muriyati

