Aholining keng qatlamini profilaktik ko‘rik va skrining tekshiruvlariga jalb etish, fuqarolarning o‘zi va farzandlari salomatligiga mas'ulligini oshirish hamda kasalliklar profilaktikasi tushunchasini shakllantirish maqsadida "Salomatlik marafoni" ommaviy tadbiri amalga oshirilmoqda. Tadbir yuqumli bo‘lmagan kasalliklar, jumladan, yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet va saraton kabi xastaliklar profilaktikasi chora-tadbirlarini ta'minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 29-sentyabrdagi 299-sonli buyrug‘i ijrosiga qaratilgan.Shu munosabat bilan Xiva shahrida “Salomatlik marafoni” boshlanib, viloyat tibbiyot muassasalaridan kelgan yetakchi mutaxassislar ishtirokida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar o'tkazilmoqda.


