Yangiliklar 4-12-2023, 11:16

2023 yilning 2 dekabr kuni Xiva shahar tibbiyot birlashmasi tomonidan tug‘ish yoshidagi ayollarni salomatligini muxofaza qilish maqsadida tor mutaxassislar tomonidan profilaktik tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.

Xiva shahar tibbiyot birlashmasida tug‘ish yoshidagi ayollarni salomatligini muxofaza qilish maqsadida tor mutaxassislar tomonidan profilaktik tibbiy ko‘rik tashkil qilindi. Ko‘rik doirasida akusher ginekolog, onkolog, terapevt, kardiolog kabi mutaxassislar o‘z tashabbuslari bilan qatnashdilar. 

Ushbu tadbir doirasida aholi o‘rtasida “Sog‘lom ovqatlanish yarmarkasi”, “ Biz chekishga qarshimiz” kabi tadbir o‘tkazilib,  yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzi tamoyillariga rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirish, kasalliklar profilaktikasi, reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi. Tibbiy ko‘rikda UTT, EKG va laboratoriya tekshiruvlari amalga oshirildi.

Tadbir davomida Xiva shahri mahallalarining 214 nafar aholisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 

Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan 214 nafar aholidan 98 nafarida kasallik aniqlangan bo‘lib, ularning barchasiga ambulator va statsionar davolanish uchun yo‘llanma berildi, poliklinika tomonidan bepul dori-darmonlar bilan taminlandi. Bundan tashqari tibbiy ko‘rik davomida 15 nafar ayollarga kontratsepsiya vositalari qo‘yildi. Tibbiy brigada doyalari mahallarda yurib tug‘ish yoshidagi, homiladorlar, chilla davridagi ayollarni borib ko‘rdilar, sog‘ligida muammosi bo‘lgan xotin-qizlarni poliklinikaga yo‘lladilar. 



     Aprel     
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul

Ommabop xabarlar

img
E'LON
3-08-2024, 14:16
Veb-saytimiz faoliyatini baholang