XIVA SHAHRIDA XATLOV VA ANTROPOMЕTRIYA TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA.

Sog‘liqni saqlash vazirligining 12 yanvar 2024 yildagi "Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini yangicha yondashuvlar asosida tashkil etish to‘g‘risida" gi 3-XS sonli buyrug‘ini ijrosini taminlash maqsadida 2024-yilning 1-fevralidan 1 apreliga qadar Xiva shaxar tibbiyot birlashmasida tibbiy xatlov va antropometriya tadbirlari o‘tkazilmoqda.  Xiva shahar tibbiyot birlashmasida tadbirlarni sifatli o‘tkazish maqsadida 48 ta tibbiy brigada shakllantirildi. Ularga maxallalar, ko‘chalar kesimida xonadonlar biriktirildi. Xatlovdan o‘tkazish tarmoq rejasi asosida aholining salomatlik va fiziologik xolatidan kelib chiqib, tegishli guruhlarga tasniflanmoqda.Xatlov jarayonida tibbiyot xodimlari tomonidan sog‘lom turmush tarziga oid suhbatlar tashkil etilmoqda.

5-02-2024, 12:34
Ko'rishlar: 120
Sahifani chop etish