2024 yil 20-iyun kuni Xiva shahar Gazchi mahallasi aholisi uchun tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

2024 yil 20-iyun kuni Xiva shahar Gazchi mahallasi aholisi uchun tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
        Tibbiy ko'rikda shahar ko'p tarmoqli markaziy poliklinika tor mutaxasislaridan oftolmolog, travmatolog, LOR, nevrolog, endokrinolog, kardiolog, urolog, terapevt, UZI  va EKG  kabi mutaxasislar qatnashdilar. Gazchi mahallasidan 118 nafar katta yoshdagi aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ulardan 1-tayanch guruhidagilar 40 nafarni, 2-past guruhdagilar 35 nafarni, 3-o‘rta xavf guruhidagilar 32 nafarni, 4-yuqori xavf guruhidagilar 11 nafarni tashkil qildi.O‘zgalar parvarishiga muxtoj 1- guruh nogironlari  uyiga borib tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.Kasallik aniqlangan 12 nafar fuqarolar dispanser hisobga olindi. 37 ta fuqaroga  ambulator davolanishga, 6 nafar fuqaro statsionar davolanishga yo'llanma berildi.





21-06-2024, 12:06
Ko'rishlar: 123
Sahifani chop etish