Yangiliklar 3-05-2025, 13:54

XIVA SHAHRIDA "SOG‘LOMLASHTIRISH OYLIGI" DOIRASIDA TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI

        O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan “Sog‘lomlashtirish oyligi” aksiyasi izchil davom etmoqda. Bugun aksiya doirasida Xiva shaxar tibbiyot birlashmasiga qarashi Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.  Unda viloyat hamda shaxar KTMP ning turli tor soha mutaxassislari onkolog, dermatolog, okulist, kardiolog, endokrinolog,  xirurg, psixiatr, pulmanolog, urolog, nevropatolog, pediatr, ftiziatr, LOR  tomonidan jami 347- nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
    Ko‘rik natijalari asosida 53- nafar fuqaroda muayyan kasalliklar aniqlandi. Shundan 46- nafar bemorga ambulator, 7- nafar fuqaroga esa statsionar davolanish uchun yo‘llanma berildi. Tadbir doirasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida ommaviy piyoda yurish aksiyasi ham tashkil etildi. Bu tadbir orqali aholi orasida jismoniy faollik, sog‘lom ovqatlanish haqida suhbatlar olib borildi.


     Iyun     
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul
Veb-saytimiz faoliyatini baholang