Yangiliklar 18-05-2025, 22:18

XIVА ShАHRIDА "SOGʼLOMLАShTIRISh OYLIGI" DOIRАSIDА TIBBIY KOʼRIK TАShKIL ETILDI

Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan “Sogʼlomlashtirish oyligi” aktsiyasi izchil davom etmoqda. 
Bugun aktsiya doirasida Xiva shahar tibbiyot birlashmasiga qarashi 1-son Oilaviy poliklinikada chuqurlashtirilgan tibbiy koʼrik oʼtkazildi. Unda shahar KTMPning turli tor soha mutaxassislari – onkolog, dermatolog, okulist, kardiolog, endokrinolog, xirurg, psixiatr, pulьmanolog, urolog, nevropatolog, pediatr, ftiziatr, LOR  tomonidan jami 353- nafar fuqaro tibbiy koʼrikdan oʼtkazildi.
Koʼrik natijalari asosida 37- nafar fuqaroda muayyan kasalliklar aniqlandi. Shundan 36- nafar bemorga ambulator, 1- nafar fuqaroga esa statsionar davolanish uchun yoʼllanma berildi. 
Tadbir doirasida sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish maqsadida “Sogʼlom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida ommaviy piyoda yurish aktsiyasi ham tashkil etildi. Bu tadbir orqali aholi orasida jismoniy faollik, sogʼlom ovqatlanish haqida suhbatlar olib borildi.

     Iyul     
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul
Veb-saytimiz faoliyatini baholang