Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra kasallik aniqlanganlarni davolash, sog‘liqlarini mustaxkamlash choralarini ko‘rish maqsadida Xiva shahar Prokraturasi tashabbusi bilan 2025-yil 19-iyun kuni Xiva shahar tibbiyot birlashmasi Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika mutaxassislari tomonidan otaliqqa olingan yoshlarning tibbiy ko‘rigi tashkil etildi.
Ushbu tadbir doirasida “Sog‘lom ovqatlanish yarmarkasi”, “Biz chekishga qarshimiz” mavzusida tadbirlar tashkil qilinib, aholi orasida sog‘lom turmush tarzi tamoyillariga rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirish, kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi. Tibbiy ko‘rikda UTT, EKG va laboratoriya tekshiruvlari amalga oshirildi.
Tadbir davomida Xiva shahrida otaliqqa olingan yoshlar va ularning oila azolaridan 24 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.Tibbiy ko‘rikga tashrif buyurgan aholi akusher-ginekolog, onkolog, urolog va boshqa tor soxa mutaxassislari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan 24 nafar aholidan 8 nafarida kasallik aniqlanib, ularning 7 nafariga ambulator va 1 nafariga statsionar sharoitida davolanish uchun yo‘llanma berildi.






Du | Se | Ch | Pa | Ju | Sh | Ya |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | ||||||
2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 |
9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 |
16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 |
23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 |
30 |
Obuna bo'lish
Ommabop xabarlar

Xiva shahar tibbiyot birlashmasi ko‘p

XIVА ShАHRIDА "SOGʼLOMLАShTIRISh

XIVА ShАHRIDА "SOGʼLOMLАShTIRISh

12 may "Halqaro xamshiralar kuni"
