Xiva shahrida ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar va nuroniy onaxonlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Xiva shahar tibbiyot birlashmasida joriy yilning 15–30 oktyabr kunlari “Nuroniy” jamg‘armasi bo‘limi hamkorligida “Doim e'tibordasiz” shiori ostida ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar va nuroniy qariyalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tadbirlari o‘tkazildi.

Mazkur tadbir doirasida jami 1 257 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar ro‘yxatga olingan bo‘lib, ulardan 1 200 nafari to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik natijalariga ko‘ra, 353 nafarda turli kasalliklar aniqlanib, 332 nafari ambulator, 21 nafari esa statsionar tartibda davolashga yo‘naltirildi.

Shuningdek, 144 nafar nuroniy onaxon chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — aholining ehtiyojmand qatlamlari salomatligini nazorat qilish, ularni erta tashxis va davolash bilan ta'minlashdir.

#doimetibordasiz #ijtimoiyhimoya

Pressa Khiva (https://t.me/khiva_city_press)
31-10-2025, 15:39
Ko'rishlar: 20
Sahifani chop etish