Xorazm viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan Xiva shahrida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil qilindi.





Respublika Bolalar milliy tibbiyot markazi direktori B.Umarov hamda Xorazm viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i K.Tangriberdiyev tomonidan Xiva shahrida fuqarolarni sayyor qabul qilish, muxtoj axolini sohaga oid murojaatlarini tinglash, amaliy yordam ko‘rsatish, mavjud kamchiliklarni joyida o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan sayyor qabuli davomida 82 nafar fuqarolar qabul qilindi. Ulardan 53 nafariga shahar/tuman tibbiyot birlashmalarida davolash va poliklinika tor soxa mutaxassislari bilan birga palliativ davo choralari tayinlash belgilandi. 25 nafariga viloyatda, 5 nafariga Respublika miqyosida "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi bilan birgalikda tibbiy yordam ko‘rsatish rejalashtirildi.
