Ramazon nuri: Xivalik bemorlar qalbiga umid kirib bormoqda

🟢Muqaddas Ramazon oyida Xiva shahrida og‘ir jarrohlik amaliyotiga muhtoj fuqarolarga vaucherlar topshirilmoqda. Bu tashabbus ko‘plab oilalar uchun kutilgan xushxabar, dard ichidagi insonlar uchun esa yangi umid eshigini ochmoqda.

🟢Har bir topshirilayotgan vaucher ortida bir insonning sog‘ayish orzusi, bir oilaning quvonchi va kelajakka bo‘lgan ishonchi mujassam. Jarayonlar shaffof va adolat tamoyillari asosida tashkil etilib, haqiqatan ham tibbiy yordamga muhtoj fuqarolar qamrab olinmoqda.

🟢Ramazon – mehr va saxovat oyi. Ana shu fazilatlar amalda namoyon bo‘layotgani, og‘ir ahvoldagi bemorlar e’tibordan chetda qolmayotgani jamiyatimizda inson qadri ustuvor ekanining yorqin dalilidir.

🟢Mazkur yordam bemorlar uchun nafaqat operatsiya imkoniyati, balki sog‘lom hayot sari dadil qadam, yangi umid va ruhiy kuch manbaiga aylanmoqda. 

🖋Ushbu ezgu va amaliy yordamlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 17-fevraldagi “Muborak Ramazon oyida ehtiyojmand aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-67-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilmoqda.
Вчера, 10:51
Ko'rishlar: 3
Sahifani chop etish