Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan “Patronaj doya-ayol salomatligi yo‘lida” ko‘rik-tanlovida o‘tkazildi

Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan “Patronaj doya-ayol salomatligi yo‘lida” ko‘rik-tanlovida “Eng yaxshi patronaj doyasi” nominatsiyasi bo‘yicha patronaj doya Iskandarova Dilorom faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Xiva shahar tibbiyot birlashmasi doyalari va o‘zim nomimdan Diloromni samimiy tabriklaymiz! Uning faol ishtiroki, zukkoligi va izlanuvchanligi jamoamiz obro‘sini yanada yuksaltirib, barchamiz uchun katta iftixor manbai bo‘ldi.
Iskandarova Dilorom Xiva shahar tibbiyot birlashmasi doyasi va patronaj xizmati xodimi sifatida o‘z kasbiga mehr, sadoqat va yuksak mas’uliyat bilan yondashib, xalq salomatligi yo‘lida fidokorona xizmat qilib kelmoqda.
Diloromga kelgusida ham ulkan muvaffaqiyatlar, ezgu ishlar va yangi-yangi yutuqlar tilaymiz.
Har bir hamshiramiz o‘z kasbining mohir va fidoyi ustasi bo‘lib, xalq xizmatida davom etsin.

Вчера, 09:47
Ko'rishlar: 6
Sahifani chop etish