Raqamli tibbiyot sari: “IT hamshirasi” tanlovi viloyat bosqichi o‘tkazildi
Xorazm viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Xorazm viloyati Kengashi, O‘zbekiston hamshiralar assotsiatsiyasi Xorazm viloyat bo‘linmasi hamkorligida "Sog‘liqni saqlash tizimi birlamchi bo‘g‘in bo‘yicha yilning eng yaxshi IT operator - hamshirasi" ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. 🎤 Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqan boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Jumanazar Qurbonov ushbu tanlov orqali tibbiyotda raqamlashtirish jarayonining quyi bo‘g‘inlargacha kirib borayotgani yana bir bor o‘z isbotini topayotganini ta’kidladi. 👩⚕️💻 Ushbu tanlov zamonaviy tibbiyot xodimining qiyofasi tubdan o‘zgarayotganini namoyon etmoqda. Ilgari hamshira faqat tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassis sifatida qaralgan bo‘lsa, bugun u axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallagan, raqamli tizimlarda samarali ishlay oladigan mutaxassisga aylanmoqda. 📊 Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda raqamli tibbiyotni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 🏢 Raqamli sog‘liqni saqlash markazining tashkil etilishi, 👨💼 hududlarda raqamlashtirish bo‘yicha mas’ul lavozimlarning joriy qilinishi — bularning barchasi tizimli yondashuv samarasidir. 🔄 Ayniqsa, birlamchi tibbiy muassasalarda IT operator hamshirasi lavozimining kiritilishi amaliyotda sezilarli o‘zgarishlarga olib kelmoqda. 🧠✨ Tanlov davomida ishtirokchilar o‘z bilim va mahoratlarini namoyish etdilar. 🏅 Natijalarga ko‘ra g‘oliblik quyidagilarga nasib qildi: 🥇 1-o‘rin — Yangibozor tuman tibbiyot birlashmasi Oyoqdo‘rmaon OSHP IT operator hamshirasi Oydinoy Yuldosheva; 🥈 2-o‘rin — Qo‘shkupir tuman tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika IT operator hamshirasi Sadoqat Matnazarova; 🥉 3-o‘rin — Hazorasp tuman tibbiyot birlashmasi Do‘stlik OSHP IT operator hamshirasi Mahbuba Sobirova. 🎁 G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.



Сегодня, 10:52
Ko'rishlar: 0
Sahifani chop etish