Xiva shahar aholisi uchun “Mening raqamli salomatligim” oyligi doirasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 17 dekabrdagi 384-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Xiva shahar tibbiyot birlashmasida joriy yilning 1–31 iyul kunlari “Mening raqamli salomatligim” oyligi doirasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, fuqarolar va bemorlarga “DMED” mobil ilovasini o‘rnatish, undan foydalanish tartibi tushuntirilib, ilova orqali tibbiy karta, tahlillar, tekshiruv natijalari va elektron retseptlarni kuzatib borish imkoniyatlari haqida ma’lumot berilmoqda.


Вчера, 14:24
Ko'rishlar: 1
Sahifani chop etish