Yangiliklar 2-04-2022, 10:18

Saharlik dasturxonidan nimalar joy olgani ma’qul?

(Davomi)
Avval xabar qilganimizdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Ramazon oyida sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini ishlab chiqdi. Bu qismda saharlik dasturxoni uchun taomnomani tuzish yuzasidan maslahatlar keltiriladi.
Qayd etilishicha:
 “og‘izni yopish”dan oldin ovqat eyish lozim. Saharlik paytida engil taomlaning. Bu ayniqsa ro‘za tutishni maqsad qilgan katta yoshdagi insonlar, o‘smirlar, homilador ayollar, emizikli farzandi bor onalar hamda bolalar uchun ham muhim!
 Engil nonushta sifatida sabzavotlar, tarkibida uglevod mavjud bo‘lgan donli nonlar yoki bulochkalar, sut mahsulotlari (tuzsiz pishloq, suzma, sut) va/yoki tuxum kabi oqsilga boy ne’matlarni iste’mol qilish foydali.

Sekinroq va mayda chaynab ovqatlangan ma’qul. Ko‘p miqdordagi tanavvul jig‘ildon qaynashi va bezovtalikka sabab bo‘ladi.
Saharlik uchun JSST tavsiyalari:
 ikki burda non;
 sabzavotli omlet yoki yaxshi qaynatilgan tuxum;
 to‘g‘ralgan sabzavotlar;
 pishloq yoki sut mahsulotlari;
 choy;
 etarli miqdorda suv ichishni unutmang!
(Davomi bor!)
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

     Dekabr     
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul

Ommabop xabarlar

img
E'LON
3-08-2024, 14:16
Veb-saytimiz faoliyatini baholang