Yangiliklar:
Avvallari bemorlarni davolayotgan yoki operatsiya qilayotgan robotlarni faqat fantastik filmlarda ko‘rganmiz. Endi esa bu xayolotlar haqiqatga aylanmoqda.
Jarrohlik sohasida innovatsion texnologiyalar, xususan, o‘ta aniqlikda ishlovchi robotlardan foydalanilishi zamonaviy tibbiyot imkoniyatlarini misli ko‘rilmagan darajada kengaytirdi.
E’tiborlisi, sun’iy idrok bilan boshqariladigan bunday qurilmalar hech qachon toliqmaydi va kuniga 24 soat davomida tanaffussiz ishlay oladi.
Buyuk Britaniyaning Lids universiteti olimlari uzoq izlanishlardan so‘ng o‘pka saratonini aniqlash va davolashda qo‘l keladigan robot yaratdi.
Ushbu innovatsiya o‘pka va bronxlarning eng nozik qatlamlaridagi saraton to‘qimalaridan namuna olishga qodir. Qolaversa, uning yordamida xavfli o‘simtalar joylashgan nuqtalarning o‘ziga yuqori aniqlikda va samarali tarzda dori etkazib berish mumkin.
Buning uchun robotning maxsus mitti naysimon moslamasi burun yoki og‘iz bo‘shlig‘i orqali bronxial yo‘llarga kiritiladi. U yumshoq elastomerdan yasalgan va mayda magnit zarrachalari bilan jihozlangan. Shu sababli juda moslashuvchan bo‘lib, o‘pkaning murakkab burilishlari bo‘ylab ishlashga qodir.
“Yangi ixtiro o‘pka kasalliklarini tekshirish va davolashda qimmatli vosita bo‘ladi, — deydi tadqiqot rahbari, professor Petro Valdastri. — Shuningdek, u tashxis jarayonida bemorlarning rentgen nurlaridan zararlanishiga ehtiyoj qoldirmaydi”.
Mutaxassislar fikricha, robot tez orada dunyoning etakchi klinikalarida eng og‘ir kasalliklarni muolaja qilishda keng qo‘llanila boshlaydi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

Obuna bo'lish
Ommabop xabarlar
Xiva shahar Tibbiyot birlashmasida
6-11-2024, 16:39
Xiva shahar tibbiyot birlashmasi
7-09-2024, 11:17
Xiva shahar tibbiyot birlashmasida
4-09-2024, 11:44
Ko‘krak suti sog‘lom kelajakka eng
16-08-2024, 11:36
E'LON
3-08-2024, 14:16