Yangiliklar:
Xiva shahar Angarik mahallasida tibbiyot punkti tashkil qilindi.
Angarik mahallasida yashovchi 4100 nafar fuqaroga birlamchi tibbiy sanitariya yordami ko‘rsatish maqsadida joriy yilning 7 iyul kuni Angarik mahallasida Tibbiyot punkti tashkil qilindi.
Mahalladagi tibbiyot punktida oilaviy shifokor va patronaj hamshirasi tomonidan qon bosimi hamda tana haroratini o‘lchash, zarur hollarda shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatish, ko‘rsatmaga muvofiq vena va mushak orasiga inyeksiyalar yuborish kabi birlamchi tibbiy xizmat amalga oshiriladi. Qolaversa, bu yerda rejaga muvofiq, bolalarda emlash ishlari, aholi orasida keng tarqalgan endokrin kasalliklarining dastlabki skrining tadbirlari amalga oshiriladi. Homilador ayollar, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va to‘shakka mixlanib qolgan bemorlar patronaji, shuningdek, sog‘lom turmush targ‘iboti ushbu muassasa tomonidan olib boriladi.
Tibbiyot punktining ochilish marosimida shahar hokimi Temur Davletov, tibbiyot xodimlari keng jamoatchilik vakillari hamda mahalla nuroniylari qatnashdi.





Obuna bo'lish
Ommabop xabarlar

Xiva shahar Tibbiyot birlashmasida
6-11-2024, 16:39

Xiva shahar tibbiyot birlashmasi
7-09-2024, 11:17

Xiva shahar tibbiyot birlashmasida
4-09-2024, 11:44

Ko‘krak suti sog‘lom kelajakka eng
16-08-2024, 11:36

E'LON
3-08-2024, 14:16