Yangiliklar 12-07-2023, 09:37

Xiva shahar Lolazor mahallasi aholisi uchun tibbiyot punkti tashkil qilindi.

Xiva shahar Lolazor mahallasi aholisi uchun tibbiyot punkti tashkil qilindi.

        Lolazor mahallasida yashovchi 11007 nafar fuqaroga Birlamchi tibbiy sanitariya yordami ko‘rsatish maqsadida joriy yilning 11 iyul kuni Lolazor mahallasi Siyrat ko‘chasida “Tibbiyot punkti” tashkil qilindi.  
        Lolazor mahallasida yashovchi 11007 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qilayotgan mahallada birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash uchun muhim qadam tashlandi. Bu xayrli ish davlatimiz rahbarining «Birlamchi tibbiy – sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora–tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori asosida amalga oshirildi. Shu qarorga muvofiq, birlamchi tibbiy–sanitariya yordami muassasalaridan olis masofada joylashgan manzillarda mahalla tibbiyot punkti tashkil qilindi.Mahallada tibbiyot puktida oilaviy shifokor va patronaj hamshirasi tomonidan qon bosimi hamda tana haroratini oʼlchash, zarur hollarda shoshilinch tibbiy xizmat koʼrsatish, koʼrsatmaga muvofiq vena va mushak orasiga inʼektsiyalar yuborish kabi birlamchi tibbiy xizmat amalga oshiriladi.Qolaversa, bu yerda rejaga muvofiq, bolalarda emlash ishlari, aholi orasida keng tarqalgan endokrin kasalliklarining dastlabki skrining tadbirlari amalga oshiriladi. Homilador ayollar, yangi tugʼilgan chaqaloqlar va toʼshakka mixlanib qolgan bemorlar patronaji, shuningdek, sogʼlom turmush targʼiboti ushbu muassasa tomonidan olib boriladi.
Tibbiyot punktining ochilish marosimida shahar hokimi T.Davletov, sektor rahbarlari, tibbiyot xodimlari keng jamoatchilik vakillari hamda mahalla nuroniylari qatnashdi.







     Aprel     
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul

Ommabop xabarlar

img
E'LON
3-08-2024, 14:16
Veb-saytimiz faoliyatini baholang