Yangiliklar:
Xalq deputatlari Xiva shahar kengashi OzLiDeP deputatlik guruhi yigʼilishida 2023 yilning oʼtgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan Xiva shahar tibbiyot birlashmasining tashkiliy uslubiy ishlar boʼyicha boʼlim boshligʼi Raximova Zamiraning axboroti tinglandi.
Yigʼilishda Xiva shahar deputatlaridan Sh.Аshirov, R.Xusainov, M.Sobirova va boshqalar soʼzga chiqib, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 apreldagi "Birlamchi tibbiy sanitariya yordamini aholiga yakinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish boʼyicha koʼshimcha chora- tadbirlar toʼgʼrisida"gi PK-215 sonli qaroriga asosan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bergan savollariga soha masʼuli atroflicha javob berdi.
Xususan, 2023 yil 9 oy davomida 2 ta maxalliy tibbiy punktlar tashkil qilinib toʼliq ishga tushirilgani taʼkidlandi.
Xiva shahrida bugungi kunda 96967 nafar aholiga 78 nafar shifokor va 288 nafar oʼrta tibbiyot hodimi tibbiy xizmat koʼrsatib kelmoqda.
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida tibbiy brigadalarni tashkil etish va faoliyati samaradorligini taʼminlash maqsadida Xiva shaxar tibbiyot birlashmasida 48 tibbiy brigada mavjud boʼlib, xar bir tibbiy brigada 2000 aholiga biriktirilgan. shaxar boʼyicha 41 shifokor, 48 nafar amaliyotchi hamshira, 96 nafar patranaj hamshira, 23 nafar doya hamshiralari aholiga tibbiy xizmat koʼrsatadi.
Shaharda talab yuqori boʼlgan tor soha ixtisosliklari boʼyicha yangi yoʼnalishlar tashkil etishga hamda mavjudlarining faoliyatini kengaytirishda shaharning koʼp yillik kasalliklar koʼrsatkichlarini tahlili asosida xususiy tibbiyot muassasalarida kardiologiya, nevrologiya, endokrinologiya, urologiya, jarrohlik va boshqa tor yoʼnalishlarini kengaytirish, kam invaziv xirurgiya, kardiologik angiografiyani rivojlantirish, yuqori texnologik asbob uskunalar kiritish koʼzda tutilgan.
Xiva shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli davolash profilaktika muassasalarida 3 ta emlash punktlari va 21 emlash brigadalari tashkil etilgan bulib, Xiva shahar boʼyicha 0-16 yoshgacha boʼlgan bolalar oʼrtasida reja boʼyicha 1379 nafar bolalar 14 turdagi vaktsinaga emlanishi rejalashtirilgan, 1379 nafari emlandi 100 % bajarildi.
Malakali va mahalliy tibbiyot xodimlari ishtirokida profilaktik tibbiy koʼriklar, skrining dasturlari va sogʼlomlashtirish dasturlari tashkil etildi. “Salomatlik sayllari” orqali aholini ommaviy tibbiy koʼrikga jalb qilindi. 3-18 yoshli bolalarda onkogemotologik kasalliklar va 35 yoshdan katta ayollarda onkologik kasalliklarni erta aniqlash maqsadida skrining koʼrigi tashkillashtirildi.
Kelgusida ham shahar aholisiga yanada sifatli tibbiy xizmat koʼrsatish maqsadida Xiva shahridagi eski “Xon shifoxonasini” 6.0 myald. soʼmlik rekonstruktsiya ishlarini amalga oshirilib, shahar axolisiga xizmat qiluvchi 1- son oilaviy poliklinika, Bolalar boʼlimi hamda Tez tibbiy yordam sifatini yaxshilash maqsadida Tez tibbiy yordam boʼlimlari tashkil qilish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, 10 ta zamonaviy tez tibbiy yordam mashinasi hamda mahalliy va xorijiy sayyohlarga xizmat koʼrsatuvchi 2 ta reanimobillarni sotib olish, Xiva shahar tibbiyot birlashmasida sterilizatsiya hamda kirxonani autsorsing asosida tashkil qilish kabi qator ishlarni amalga oshirish koʼzda tutilgan.
Eshituv yakunida tibbiyot vakilining axboroti qoniqarli deb topilib, deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi.
Obuna bo'lish
Ommabop xabarlar
Xiva shahar Tibbiyot birlashmasida
6-11-2024, 16:39
Xiva shahar tibbiyot birlashmasi
7-09-2024, 11:17
Xiva shahar tibbiyot birlashmasida
4-09-2024, 11:44
Ko‘krak suti sog‘lom kelajakka eng
16-08-2024, 11:36
E'LON
3-08-2024, 14:16