Bugun aktsiya doirasida Xiva shaxar tibbiyot birlashmasiga qarashi 1-son Oilaviy poliklinikada chuqurlashtirilgan tibbiy koʼrik oʼtkazildi. Unda shaxar KTMPning turli tor soha mutaxassislari – onkolog, dermatolog, okulist, kardiolog, endokrinolog, xirurg, psixiatr, pulьmanolog, urolog, nevropatolog, pediatr, ftiziatr, LOR tomonidan jami 319- nafar fuqaro tibbiy koʼrikdan oʼtkazildi.
Koʼrik natijalari asosida 33- nafar fuqaroda muayyan kasalliklar aniqlandi. Shundan 33- nafar bemorga ambulator davolanish uchun yoʼllanma berildi.
Tibbiy koʼrik davomida EKG, UZI va laborator tekshiruvlari amalga oshirildi. Tadbir doirasida aholi orasida sogʼlom turmush tarzi, jismoniy faollik, toʼgʼri ovqatlanish haqida suhbatlar olib borildi.



