DMED axborot tizimi bo‘yicha tajriba almashilmoqda

DMED axborot tizimi bo‘yicha tajriba almashilmoqda

Viloyatimizda birlamchi tibbiy xizmatni yanada rivojlantirish, aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish hamda tibbiyot muassasalarini raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha amaliy ishlar tashkil kilinib DMED axborot tizimini namunali yo‘lga qo‘yish maqsadida mutasaddi xodimlar o‘rtasida tajriba almashish tizimi yo‘lga qo‘yildi.Belgilangan tartib asosida Xiva shahar tibbiyot birlashmasi  hamda uning tasarrufidagi  birlamchi tibbiyot muassasalari rahbar va mas’ul xodimlari viloyatimizda DMED tizimi samarali yo‘lga qo‘yilgan shifoxona va poliklinikalar faoliyati bilan tanishildi.Xiva shaxar tibbiyot birlashmasi mas’ul xodimlari belgilangan grafik asosida Urganch shahridagi  ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, 2-son oilaviy poliklinika hamda Yangibozor tumanidagi 65-son oilaviy poliklinikada bo‘lib, raqamlashtirish jarayonlari, axborot tizimlarining ishlash tartibi va joriy etilayotgan yangiliklar bilan yaqindan tanishdilar.
Ushbu tashriflar mutaxassislar tajribasini oshirish, axborot texnologiyalarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va birlamchi tibbiy xizmatni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

15-12-2025, 09:22
Sahifaga qaytish