Xorazm viloyati Soglikni saklash boshkarmasi tomonidan tibbiyot sohasini raqamlashtirish, tibbiyot muassasalari va farmatsevtika korxonalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va “DMED” elektron dasturini joriy qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish seminar tashkil qilindi.
Seminarda, Xiva shaxardagi barcha tibbiyot muassasalari, va farmatsevtika korxonalari rahbarlari ishtirok etib, sohani raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tibbiyot muassasalarida “DMED” elektron dasturini joriy qilish, shu jumladan “Elektron retsept” dasturini ishlash mexanizmlari, uning afzallik tomonlari to‘g‘risida tushuntirishlar berilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.


