Xiva shahar 1-son maktabida “Sogʼlom hayot” shiori ostida oʼquvchilar oʼrtasida toʼgʼri ovqatlanish, sogʼlom turmush tarzi, shuningdek ruhan va jismonan sogʼlom boʼlish mavzularida tarbiyaviy suhbat oʼtkazildi.Suhbat davomida oʼquvchilarga sogʼlom ovqatlanish qoidalari, kun tartibiga amal qilish, jismoniy faollikning ahamiyati hamda zararli odatlarning salbiy oqibatlari haqida tushunchalar berildi. Tadbir oʼquvchilarda sogʼlom turmush tarziga boʼlgan qiziqishni oshirishga xizmat qildi.