Tadbir davomida hamshiralarning sog‘liqni saqlash tizimidagi o‘rni, bemorlarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishdagi fidokorona mehnati alohida ta’kidlandi. Shuningdek, ko‘p yillik samarali mehnati, mas’uliyatli yondashuvi va kasbiga sadoqati bilan namuna bo‘lib kelayotgan bir guruh hamshiralar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Unda ishtirokchilar tomonidan hamshiralarga samimiy tilaklar bildirilib, ularning inson salomatligini asrash yo‘lidagi mashaqqatli mehnatiga yuksak baho berildi.
Mazkur tadbir tibbiyot xodimlarining kasbiy nufuzini oshirish, jamoada o‘zaro hurmat va birdamlik muhitini mustahkamlashga xizmat qildi.





