Qabul davomida fuqarolarning tibbiy xizmatlar, davolanish jarayoni, dori-darmon ta'minoti, yoʻllanmalar, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam hamda sohaga oid boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi. Qoʻshimcha oʻrganishni talab qiluvchi masalalar yuzasidan mas'ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosini nazoratga olindi.

