Xiva shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i R. Pirnazarov tomonidan umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan maktab hamshiralarining ish jarayonlari va kasbiy faoliyati o‘rganildi.
O‘rganishdan asosiy maqsad maktablarda tibbiy xizmatni to‘g‘ri tashkil etish, o‘quvchilar salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarning oldini olish hamda tibbiy-profilaktika ishlarining samaradorligini oshirishdan iborat.
Jarayon davomida maktab hamshiralarining kundalik ish faoliyati, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi, tibbiy hujjatlarning yuritilishi, o‘quvchilar salomatligi ustidan nazorat olib borilishi va profilaktik tadbirlarning tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish, yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishga tayyorlik masalalari muhokama qilindi.
O‘rganish davomida maktab hamshiralariga o‘z xizmat vazifalarini mas’uliyat bilan bajarish, tibbiy hujjatlarni belgilangan tartibda yuritish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.
Asosiy maqsad — maktablarda tibbiy xizmat sifatini oshirish, o‘quvchilar salomatligini ishonchli himoya qilish va sog‘lom avlodni voyaga yetkazishga munosib hissa qo‘shishdir.




