Yangiliklar 9-12-2023, 12:24

Davlat madhiyasining 31 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

      Buyuk Vatanning aziz va betakror timsollari, ramzlari har bir davlat, uning kelajak avlodlari uchun ozodlik va milliy g‘urur timsoli, boy ma’naviy obidadir. Madhiya – millatni hamisha o‘z ozodlik yo‘li, ahdida sobit tutib turuvchi ruhiy quvvat manbai hamdir. Shuning uchun ham taraqqiy topgan dunyo xalqlari o‘z davlatining madhiyasini nafaqat tantanali va munavvar kunlarida, hatto eng zahmatli va sinovli onlarida ham tik turib mardona kuylaydilar. U millatni, xalqni birlashtiradigan, yuksaltiradigan yengilmas kuchga, yuksak iroda va qat’iyat, jasorat timsoliga aylantira oladigan qo‘shiqdir.
         O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilinganligining 31-yilligining keng nishonlash chora-tadbirlari to'g'risida 2023-yil 5-dekabrdagi 52-son majlis bayonida bir qator vazifalar belgilangan. Mazkur qaror ijrosini ta'minlash maqsadida, 10-dekabr O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi to'g'risidagi Qonuni qabul qilingan kun munosabati bilan Xiva shahar tibbiyot birlashmasi jamoasi 9-dekabr soat 8:00 da jamoaviy tarzda davlat madhiyasini jo'r bo'lib kuyladi.


     Sentyabr     
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul

Ommabop xabarlar

img
E'LON
3-08-2024, 14:16
Veb-saytimiz faoliyatini baholang