Yangiliklar 16-08-2024, 11:36

Ko‘krak suti sog‘lom kelajakka eng to‘g‘ri qadam.

        1-7 avgust jaxon ko‘krak suti bilan oziqlantirish xaftaligi munosabati bilan Xiva shahar Tibbiyot birlashmasiga qarashli Salomatlik va strotegik rivojlanish instituti shifokori A.Baltayev tomonidan shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, 1-2-sonli oilaviy poliklinika xodimlari va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda mahallalarda, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida targ‘ibot tashviqot ishlari olib borildi. Shifokor A.Baltayev tomonidan chaqaloqlar uchun ko‘krak sutini foydasi, ko‘krak suti immunitetni mustaxkamlashi, infeksiyalardan ximoya qilishi, asab tizimiga foydali ta’sir qilishi, bola to‘g‘ri o‘sishi, ovkat xazm qilish a’zolari va endokrin tizimi to‘g‘ri rivojlanishi, oziq-ovqat allergiyasini oldini olishi, aqliy rivojlantirishni kuchaytirshi, ona bilan aloqa qilishda psixologik qulaylik bo‘lishi xaqida gapirib o‘tdi.Ona uchun emzishni afzallilari kichkintoylar bilan emotsional aloqani kuchaytiradi, ko‘krak, tuxumdon va bachadon saratonini rivojlanish extimolini kamaytirishi, ortiqcha vaznni kamaytirishi, to‘qqandan keyin tez tiklanishi, bachadon tez qisqarishini, osteoporozning oldini olishi, stres darajasini pasaytirishi va kayfiyatni yaxshilashi, yurak qon tomir kasalliklari va 2-tipdagi diabet xavfini kamaytirishi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi. Ona suti bola tanasining tabiiy himoya vositasi bo‘lib har xil yuqumli kasalliklarda ximoya qiladi.bolalar qanchalik ona ko‘krakini ko‘p emsa onada shuncha ko‘p ko‘krak suti hosil bo‘ladi, ona suti bolani sog‘lom bo‘lib o‘sishi hamda turli kasaliklarini aytiqsa ich ketishi, pnevmaniya, respirator infeksiyadan ximoya qilishi uchun zarur moddalarni o‘zida saqlaydi, siz yoki bolangiz kasal bo‘lsa xam, ko‘krak bilan emizishni davom qilish, kasallik paytida bolangizni ko‘proq emizish kerakligi, kasal bola uchun ona sutidagi ozuqa elementlari katta ahamiyatga ega ko‘krak bilan emizish bemor bolaga qulaylik yaratishi, ona suti bilani ozuqa va suvga muxtojligini 6 oygacha to‘liq qoniqtiradi va issiq kunlarda chanqovini bosishi, bolaga necha marta istasa shuncha kechasi va kunduzi ko‘krak sutini berish kerakligini, uni 24 soat davomida kamida 10-12 marta emizish kerakligi to‘g‘risida targ‘ibot ishlari olib borildi.

     Dekabr     
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul

Ommabop xabarlar

img
E'LON
3-08-2024, 14:16
Veb-saytimiz faoliyatini baholang