Yangiliklar 6-11-2024, 16:39

Xiva shahar Tibbiyot birlashmasida aholini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri xarakat qilishga o‘rgatish hamda yong‘inlarni oldini olish borasida yig'ilish tadbiri bo'lib o'tdi

      Yig‘ilishni Xiva shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i ochib berib, so‘zni Xiva shahar FVB P va NB kichik inspektori kichik serjant D.Qilichovga berdi. D.Qilichov o‘z so‘zida, so‘nggi vaqtlarda xorijiy mamlakatlarda sodir bo‘layotgan kuchli zilzilalar va yer plitalarining tektonik siljishlari oqibatida yuzaga kelayotgan turli xil talafotlar mamlakatimizda seysmik xavfsizlikni ta’minlash ishlarini jadallashtirish, sohaga zamonaviy yondashuvlarni joriy etishni talab etmoqda. Kuchli zilziladan ogohlantirish mobil ilovasi orqali aholiga qisqa soniyalarda respublikaning aniqlangan hududlarida kuchli zilzila kuzatilishi to‘g‘risida tezkor xabarnoma yuboriladi. Aholini zilziladan oldin, zilzila paytida va zilziladan so‘ng harakat qilish qoidalariga o‘rgatish va ularning tayyorgarligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish, qarorning 13-bandida 2023-yil 1-iyundan boshlab «Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi» doirasida har yili reja-grafik asosida respublikaning barcha hududlaridagi mahallalarda aholi ishtirokida zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘mondonlik-shtab, maxsus-taktik va ob’ekt o‘quv mashqlari o‘tkazib borish, mahallalar aholisi ishtirokida qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari, shuningdek, fuqaro muhofazasi tuzilmalarining zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga tayyorgarligini oshirib borishga, ta’lim tashkilotlarining o‘quvchi va talabalarini zilzila oqibatlaridan o‘zini o‘zi muhofaza qilish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish usullariga o‘rgatishga, ko‘p qavatli uylarga yashovchi fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan binolarning tayanch ustunlarini buzish va boshqa konstruksiyalarga o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish kiritish holatlarining oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borishga alohida e’tibor qaratilsin. Shu sababli, seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasiga zamonaviy yondashuvlarni joriy qilish, bino va inshootlarning zilzilabardoshligini yanada oshirish, kuchli zilzilalarni prognoz qilishning yangi usullarini ishlab chiqish va ularga tayyorgarlik ko‘rishning zamonaviy tizimini yaratish maqsadida:Belgilansinki, ta’lim tashkilotlarida Zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanish qoidalarini o‘rgatishga mo‘ljallangan darsdan tashqari mashg‘ulotlar Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda olib borilishi haqida gapirib o'tdi.
O‘zbekiston Respublikasining 2009 yil 30 sentabrdagi O‘RQ-226 Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunini 6-bob 40-moddadan iboratligi qonunning 10-moddasida tashkilotlarning yong‘in xavfsizligi soxasidagi xuquqlari va majburiyatlari, 8-moddasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining yong‘in xavfsizligi sohasidagi vakolatlari, 9-moddasida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining yong‘in xavfsizligini ta’minlashdagi ishtiroki, 11-moddasida fuqarolarning yong‘in xavfsizligi sohasidagi xuquq va majburiyatlari belgilab qo‘yilganligi, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish   deganda turar joylar va idora tashkilotlarda qo‘lbola elektr pechlaridan foydalanmaslik, tabiiy gazga rezina shlang orqali ulanmaslik, issitish qozoni, gaz plitasini yoqish oldidan gugurt chaqib keyingina gaz jumragini ochish kerakligi, uyda, xonada gaz xidi sezilganda gaz jumragini berkitib xonani shamollatish kerakligi, agarda xonada yoki uyda yong‘in sodir bo‘lsa ushbu xona va uyning eshiklarini maxkam berkitib
yong‘in-qutqaruv qismiga 101 yoki 62-377-48-01, 62-377-42-99 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish kerakligi yong‘in o‘chirish mashinalari va qutqaruvchilari kelgunga qadar kutib turish keragligi aytib o‘tdi.


     Dekabr     
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul

Ommabop xabarlar

img
E'LON
3-08-2024, 14:16
Veb-saytimiz faoliyatini baholang