Yangiliklar 22-12-2023, 15:19

Xiva shahar Yangi hayot mahallasi aholisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Xiva shahar Tibbiyot birlashmasining tashabbusi bilan 2023-yil 22-dekabr kuni Yangi hayot fuqarolar yig‘ini binosida mahallada istiqomad qilib kelayotgan fuqarolar salomatligini muxofaza qilish maqsadida tibbiy ko‘rik tashkil qilindi. Tibbiy ko‘rikka kelgan bemorlarga, kasalliklarni oldini olish uchun doimiy sog‘lom turmush tarziga rioya, qilish kerakligi xaqida tushintirish ishlari olib borildi va sog‘lom ovqatlanish stollari, sport burchagi tashkil qilindi.

Tibbiy ko‘rikda viloyat hamda shahar Tibbiyot birlashmasi tomonidan ftiziatr, nefrolog, nevrolog, LOR, okulist, terapevt, dermatolog, EKG, UTT shifokorlari ishtirok qilib Xiva shahar Yangi Xayot mahallasining 184 nafar aholisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 9 nafariga ambulator va statsionar bo‘limida davolanish uchun yo‘llanma berildi. Shifokorlar  ko‘rsatmasiga asosan bemorlarga dori darmon berildi. Bugungi tibbiy ko‘rik samarali yakunlandi. 





     Sentyabr     
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul

Ommabop xabarlar

img
E'LON
3-08-2024, 14:16
Veb-saytimiz faoliyatini baholang