Yangiliklar 29-12-2023, 15:44

Xiva shahrida alohida ko‘makka muxtoj 13 nafar qizil toifaga kiritilgan yoshlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Yoshlar bilan ishlash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilmoqda. Bu esa ularning o‘z iqtidor va salohiyatini namoyon etishi, bilim olishi va kasb-hunar o‘rganishiga keng yo‘l ochib bermoqda. Ayniqsa, bunda ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga alohida g‘amxo‘rlik qilinayotgani kishini quvontiradi.

Joriy yilning 29-dekabr kuni Xiva shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i R.Pirnazarov tomonidan aholi salomatligini doimiy ravishda kuzatib borish va sog‘lomlashtirish tadbirlarini ular yashayotgan manzil va mahallalarda o‘tkazish, salomatlik ko‘rsatkichi og‘ir fuqarolarni statsionar va ambulator davolash choralari ko‘rish maqsadida Xiva shahrida alohida ko‘makka muxtoj 13 nafar qizil toifaga kiritilgan yoshlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rik natijasida 7 nafar fuqaroga sog‘lig‘ini tiklash uchun dori-darmonlar, 6 nafar fuqaroga shifoxonalarda davolanishi uchun bepul yo‘llanmalar berildi.

     Sentyabr     
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul

Ommabop xabarlar

img
E'LON
3-08-2024, 14:16
Veb-saytimiz faoliyatini baholang