Yangiliklar 2-04-2022, 10:19

Tanadagi shish va ko‘karishlar yurak xastaliklari belgisi bo‘lishi mumkin

Qadimda tabobat ilmi bilimdonlari insonlarning tashqi belgilariga qarab ichki xastaliklariga tashxis qo‘yishgan. Hozirgi zamonaviy tibbiyotda ham buning ilg‘or metodlari keng qo‘llanilmoqda.
Ammo shu yo‘l bilan dermatolog mutaxassis kardiologik xastalikni aniqlashi mumkinmi? Albatta, mumkin! Faqat uning dastlabki belgilarini!
Amerikalik shifokorlarning izlanishlari buni tasdiqladi. Ya’ni AQSh dermatologiya akademiyasi mutaxassislari yurak kasalliklarining tashqi alomatlarini ma’lum qildi.
Ularning fikricha, teri va tirnoqlardagi “ogohlantiruvchi” o‘zgarishlar, qolaversa, tanada namoyon bo‘ladigan turli shishlar buning belgilaridir.
Masalan, issiq sharoitda teridagi ko‘karishlar qon tarkibida kislorod etishmayotganidan dalolat bo‘lishi mumkin. Agar bunday holatda zarur muolajalar amalga oshirilmasa, to‘qimalar halokati kuzatilishi tabiiy.
Terida ko‘k yoki binafsharang “to‘r”lar paydo bo‘lishi esa kichik arteriyalarda tiqinlar yuzaga kelganini tasdiqlaydi. Bu — to‘qimalar va tana a’zolarning ichki shikastlanishiga sabab bo‘ladi.
Biroq, to‘rsimon naqshlar ba’zi dori-darmonlarga reaktsiya sifatida ham hosil bo‘ladi.

Oyoqlarda paydo bo‘ladigan shishlar esa yurak faoliyatida buzilishlar kuzatilayotganini anglatadi. Shuningdek, oyoqlarda suyuqlik to‘planishi ham jiddiy yurak xastaliklari haqida “signal” beradi.
Uchi pastga egilgan tirnoqlar va shishgan barmoq uchlari ham shifokorga borish uchun etarli asos. Chunki bu ba’zida yurak yoki o‘pka bilan bog‘liq jiddiy muammolarning belgisi bo‘lishi mumkin.
Tirnoq ostidagi jarohat bilan bog‘liq bo‘lmagan qizil yoki binafsharang chiziqlar ham yurak xastaligiga ishoradir.
O‘z navbatida, qo‘l yoki oyoq barmoqlarida og‘riqlar kuzatilsa, shifokorga murojaat qilish maqsadga muvofiq. Negaki, bu holatlar ehtimol qon tomirlari yoxud yurakdagi infektsiyalar alomatidir?!
Binobarin kaft va oyoqlardagi jigarrang yoki qizg‘ish dog‘lar ham xuddi shunday kasalliklar belgisi bo‘lishi mumkin.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

     Sentyabr     
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul

Ommabop xabarlar

img
E'LON
3-08-2024, 14:16
Veb-saytimiz faoliyatini baholang