Yangiliklar 23-01-2024, 10:01

Xiva shahar tibbiyot birlashmasida tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-102 sonli “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va PQ103 “Yurak qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori  asosida bugun Xiva shahar tibbiyot birlashmasida tibbiy ko‘rik tashkil qilindi. Ushbu tadbir doirasida Oila salomatligi xonasida nikohlanuvchilarni  tibbiy ko‘riklarga jalb qilish, yosh ota onalarga emlashni axamiyati mavzularida tushintirish ishlari olib borildi. 
Tibbiy ko‘rikda kardiolog, endokrinolog, nervpatolog, stomatolog, oftalmolog, travmatolog kabi mutaxassislar bilan birga UTT, EKG xamda 
laboratoriya tekshiruvlari amalga oshirildi.
    Tashkil qilingan tibbiy ko‘rik davomida 264 nafar aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan 264 nafar aholidan 86 nafarida  kasallik aniqlangan bo‘lib ularning barchasiga ambulator va statsionar davolanish uchun yo‘llanma berildi va yo‘llanma olgan 78 nafar bemorlarga bepul dori-darmonlar berildi.

     Aprel     
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul

Ommabop xabarlar

img
E'LON
3-08-2024, 14:16
Veb-saytimiz faoliyatini baholang