Yangiliklar 16-05-2024, 14:59

Xiva shahrida uzoq muddatli migratsiyadan qaytgan yurtdoshlarimiz uchun tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.

        O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-apreldagi “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida 15-maydan 31-mayga qadar viloyat sektorlari tashabbusi bilan Xiva shahrida uzoq muddatli migratsiyadan qaytgan yurtdoshlarimiz uchun tibbiy ko‘rik ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida belgilangan reja asosida tashkil qilingan.
    2024-yil 16-may  kuni  Xiva  shahar  ko‘p  tarmoqli  markaziy  poliklinikasida  tibbiy  ko‘rikda  laborator  va  rentgen tahlillari, tor soha mutaxassislari tomonidan migratsiyadan qaytgan yurtdoshlarimiz salomatligini ko‘rikdan o‘tkazib, zarur tavsiyalar berildi.Kasallik aniqlangan bemorlarga zarur tavsiyalar, ambulator va statsionar davolanish uchun yo‘llanmalar berildi. 
          Tadbir davomida sog‘lom turmush tarzi keng targ‘ib qilindi.
       Shundan so‘ng Xorazm viloyati hokimligi, Xorazm viloyati prokraturasi, Xorazm viloyati ichki ishlari boshqarmasi, Xorazm viloyati soliq boshqarmasining qo‘shma topshirig‘iga asosan migratsiyadan qaytib kelgan fuqarolarning bandligini ta'minlash yuzasidan Xiva shahar tibbiyot birlashmasida mehnat yarmarkasi tashkil qilindi.


     Dekabr     
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul

Ommabop xabarlar

img
E'LON
3-08-2024, 14:16
Veb-saytimiz faoliyatini baholang