Yangiliklar 6-03-2023, 09:33

Oilaviy Bolalar Uyi tarbiyalanuvchilari tibbiy ko'rikdan o'tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9 fevraldagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish to‘g‘risidagi 5215-sonli farmoniga asosan Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni  barkamol avlod sifatida shakllanishi hamda ijtimoiy moslashuvini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha keng jamoatchilik bilan o‘tkazilgan muhokama natijalari ijrosini ta’minlash maqsadida Xiva shahrida O‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining ushbu muassasalar joylashgan hududdagi oilaviy tibbiyot poliklinikalarida har yili ikki marotaba tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi.Shu munosabat bilan viloyat prokraturasi tashabbusi bilan Xiva shahardagi Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ҳамда уларнинг ота оналарига мутахассис шифокорлар томонидан tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, tibbiy maslaxat va tavsiyalar berilib,  zarur doir darmonlar bilan ta’minlandi. Xar bir tarbiyalanuvchini  salomatligi tiklash, zarur davo muolajasini amalga oshirishga e’tibor qatarildi. Hozirgi kunda ko‘p uchraydigan kasalliklarni kelib chiqish sabablari, kundalish turmushda ahamiyat qaratilishi kerak bo‘lgan shaxsiy gigiyena, to‘g‘ri ovqatlanish, sog‘lom turmush tarziga muntazam rioya etib borish haqida tibbiy ko‘rsatmalar berildi.
Ushbu tibbiy profilaktik tadbirni o‘tkazishdan maqsad tibbiyotning muhim yutuqlaridan baxramand etish, mehrga muhtoj farzandlarimizning salomatligini mustaxkamlashdan iborat.

     Dekabr     
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul

Ommabop xabarlar

img
E'LON
3-08-2024, 14:16
Veb-saytimiz faoliyatini baholang