Yangiliklar 18-05-2023, 15:13

Xiva shahar tibbiyot birlashmasida jarroxlik va reanimatsiya bo‘limlari tashkil qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-iyuldagi PQ-3124-sonli “Xorazm viloyati Xiva shahri va Qashqadaryo viloyatining Shaxrisabz shahri hokimliklarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori va ushbu qaror yuzasidan Xorazm viloyati hokimi 2017-yil 4-oktabrdagi 154-sonli qarori hamda Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2017-yil 25-oktabrdagi 292-I-sonli buyrug‘iga asosan Xiva shahar tibbiyot birlashmasi tashkil qilingani munosabati bilan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2023-yil 3-fevraldagi 29-sonli buyrug‘iga asosan 20 o‘rinli jarroxlik bo‘limi va 6 o‘rinli reanimatsiya bo‘limlari Xiva tuman tibbiyot birlashmasidan Xiva shahar tibbiyot birlashmasiga o‘tkazilib o‘z ish faoliyatini boshladi. 
Reanimatsiya bo‘limi  klinik o‘lim holatidagi kishilarni tiriltirishda, shuningdek, hayotiy muhim a’zolarning baxtsiz hodisalar, kasallik va uning asoratlari natijasida to‘satdan yo‘qolgan yoki o‘zgargan funksiyalarini tiklash uchun ko‘riladigan chora-tadbirlar majmui xisoblanib, nafas olish va yurak faoliyati to‘xtaganda yoki amalda nafas ham,  qon aylanish ham organizm ehtiyojini ta’minlay olmay qolgan hollarda reanimatsiya qo‘llaniladi deydi reanimtolog Xudayberganov Davlatyor. Reanimatsiya masalalarini reanimatologiya o‘rganadi. Reanimatologiyaning taraqqiy etilishi endilikda Reanimatsiya usullaridan bevosita jonlantirishda emas, balki moddalar almashinuvining keskin buzilishi, qon aylanishi, nafas, jigar, buyrak faoliyatining nuqsonlarida hamda operatsiyalardan so‘ng a’zolar funksiyasini tiklashda ham foydalanish imkonini beradi. Yashashga kobiliyatli organizmnigina tiriltirish mumkin. Reanimatsiya tadbirlarini og‘ir mexanik shikastlanishdan, shu jumladan, shikastlanish oqibatidagi shok, qon ketishi, tok urishi, kuchli zaharlanish, bo‘g‘ilish, suvga cho‘kish, termik kuyish, sovqotish vaktda qo‘llaniladi. Reanimatsiya ko‘pincha «intensiv terapiya», «intensiv parvarish» deyiladi. Demak, to‘satdan yuz beruvchi o‘lim bilan tugaydigan har qanday tang holat reanimatsion tadbirlarni zudlik bilan amalga oshirishni taqozo etadi. Reanimatsiya o‘tkazishda turli vositalar, jumladan, elektron asboblar va apparatlar, xirurgiya usullari traxeostomiya, punksiya, yirik tomirlarga kateter qo‘yish, dori-darmonlardan foydalaniladi, shuningdek, yurakni bevosita ya’ni, ko‘krak qafasini ochmay turib massaj kilish, apparatsiz sun’iy nafas oldirish usullar qo‘llanadi. Reanimatsiyani vrach, hamshiralar, shuningdek, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan boshqa sohadagi kishilar bajaradi  tez yordam xodimlari malakali reanimatsion yordam ko‘rsatadi.


     Sentyabr     
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul

Ommabop xabarlar

img
E'LON
3-08-2024, 14:16
Veb-saytimiz faoliyatini baholang