Yangiliklar:
Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan mamlakatimizda “Yoshlar salomatligi oyligi” bo‘lib o‘tmoqda.Bugun aksiya doirasida Xiva shahar tibbiyot birlashmasida o‘tkazilgan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklarda Xiva shahri va tumanida yashovchi 14-30 yoshdagi yetti yuzdan ziyod yoshlar salomatligi ko‘rikdan o‘tkazildi. Viloyat ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari malakali mutaxassislari, mahalliy shifokor va hamshiralar tomonidan tibbiy ko‘rikka tashrif buyurgan har bir fuqaroga alohida e’tibor qaratildi.Darvoza oldida hamshira qizlar ko‘rikka kelganlarni hurmat-ehtirom bilan kutib oldilar va ro‘yxatdan o‘tish uchun yo‘naltirdilar. Tibbiy ko‘riklar davomida "qizil toifa"ga kiruvchi, nogironligi bo‘lgan, surunkali xastaliklar bilan nazoratda turuvchi yoshlar salomatligi alohida ko‘rikdan o‘tkazildi. Tor soha mutaxassislari tomonidan 20 xilga yaqin tekshiruvdan o‘tgan yoshlarga aniqlangan kasalliklar bo‘yicha muolajalar tavsiya qilindi. Shuningdek, “Mobil poliklinika”da viloyatning yetakchi mutaxassislari tomonidan ko‘rishda muammosi bo‘lgan 127 nafar yosh tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, kerakli tavsiyalar berildi. Ko‘riklar natijasida hayotida birinchi marta surunkali kasallik aniqlanganlar dispanser nazoratiga olinib, individual sog‘lomlashtirish rejasi tuzildi.
Yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga ehtiyoji bor bemorlarga viloyat va respublika muassasalariga imtiyozli yo‘llanmalar taqdim etildi. Tadbirlar doirasida yoshlar o‘rtasida “Sog‘lom ovqatlanish yarmarkasi”, “Biz chekishga qarshimiz” aksiyalari o‘tkazilib, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzi tamoyillariga rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirish, kasalliklar profilaktikasi, reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.Bu kabi tibbiy ko‘riklar yoshlarning har tomonlama sog‘lom bo‘lib kamolga yetishiga, yosh oilalar mustahkamligiga, uzoq umr ko‘rish ko‘rsatkichlari oshishiga xizmat qiladi.
Obuna bo'lish
Ommabop xabarlar
Xiva shahar Tibbiyot birlashmasida
6-11-2024, 16:39
Xiva shahar tibbiyot birlashmasi
7-09-2024, 11:17
Xiva shahar tibbiyot birlashmasida
4-09-2024, 11:44
Ko‘krak suti sog‘lom kelajakka eng
16-08-2024, 11:36
E'LON
3-08-2024, 14:16