Yangiliklar:
2023 yil 26 iyun kuni Xiva shahar tibbiyot birlashmasida aholining tibbiy ko‘rigi o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rikda Xiva SHTB bolalar kasalliklari bo‘yicha bosh mutaxasislari tomonidan 0-18 yoshdagi nogironligi va surunkali kasalligi mavjud bo‘lgan bolalarni va Viloyat tibbiyot markazlari yetakchi mutaxasislari tomonidan 18 yoshdan katta axolini tibbiy ko‘rigi o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rikda shahardan 12 mutaxassis va Viloyat markazlaridan 10 mutaxasis ishtirok etdi. Ko‘rik davomida RIKMXIAM Xorazm filiali "Mobil poliklinika"si, "Mammograf" mobil apparati va qon quyish markazi ko‘chma poliklinikasi faoliyat ko‘rsatdi. Tibbiy ko‘rikda jami bolalar nevrologi, urolog, xirurg, kardiolog, LOR, okulist, travmatolog, teri-tanosin kasalliklari shifokori, gematolog va pediatr shifokorlari qatnashib, jami 252 nafar bolajonlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va ularning 21 nafarini tuman kasalxonasida, 3 nafarini viloyat bolalar kasalxonasida va 228 nafar bola ambulatoriya sharoitida sog‘lomlashtirish rejalashtirildi.
Ko‘rik davomida 71 nafar bolaga bepul dori-darmon berildi. Viloyat mutaxasislari tomonidan 3-4 xavf guruxiga kiruvchi jami 219 nafar bemor tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shularning 42 nafari bepul dori darmon bilan ta’minlandi. 21 nafar bemorga tuman, 6 nafari viloyat markazlarida va 192 nafari ambulatoriya sharoitida sog‘lomlashtirish rejalashtirildi. Sayyor qabulda jami 12 nafar fuqaro murojaat qilib, ularning 5 nafarining muammosi shu joyning o‘zida xal qilindi. Qolgan 7 nafar fuqaroning murojaati ijobiy xal qilish bo‘yicha tegishli mutaxasislarga topshiriqlar berildi.















Obuna bo'lish
Ommabop xabarlar

Xiva shahar Tibbiyot birlashmasida
6-11-2024, 16:39

Xiva shahar tibbiyot birlashmasi
7-09-2024, 11:17

Xiva shahar tibbiyot birlashmasida
4-09-2024, 11:44

Ko‘krak suti sog‘lom kelajakka eng
16-08-2024, 11:36

E'LON
3-08-2024, 14:16