Yangiliklar:
2023 yilda maktab va maktabgacha ta’lim tarbiyachilarining skrining dasturlarini rejali tashkillashtirish tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra kasallik aniqlanganlarni davolash sog‘liqlarini mustaxkamlash choralarini ko‘rish va sog‘lom turmush tarzini shakllantiring hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining “O‘qituvchi va murabbiylar salomatligi oyligi” o‘tkazish bo‘yicha 2023-yil 12-iyuldagi 18167-sonli ko‘rsatma xatini ijrosini taminlash maqsadida Xiva shahar tibbiyot birlashmasida viloyat tibbiyot Markazlarining 15 nafar yuqori malakali tor soxa mutaxasislari va Xiva shahar tibbiyot birlashmasi bosh mutaxasislaridan iborat ishchi guruxi tomonidan shahar hududida yashovchi maktab va maktabgacha ta’lim tarbiyachilarining tibbiy ko‘rigi tashkil etildi.
Ushbu tadbir doirasida yoshlar o‘rtasida “Sog‘lom ovqatlanish yarmarkasi”, “ Biz chekishga qarshimiz” tadbirlari o‘tkazilib, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzi tamoyillariga rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirish, kasalliklar profilaktikasi, reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi. Tibbiy ko‘rikda UTT, EKG va loboratoriya tekshiruvlari amalga oshirildi.
Tadbir davomida Xiva shahridan 478 nafar maktab va maktabgacha ta’lim tarbiyachilari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ulardan 1-tayanch guruhidagilar 318 nafar, 2 past xavf guruhidan 110 nafar, 3 o‘rta xavf guruhidan 34 nafar va 4 yuqori xavf guruhidan 16 nafar maktab va maktabgacha ta’lim tarbiyachilari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Respublika ko‘z mikroxirurgiya markazi Xorazm filialidan tashrif buyurgan “Mobil poliklinika”sida markazning yetuk mutaxasislari tomonidan ko‘zida muammosi bo‘lgan 114 nafar maktab va maktabgacha ta’lim tarbiyachilari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib kerakli tavsiyalar berildi.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan 478 nafar maktab va maktabgacha ta’lim tarbiyachilaridan 54 nafarida kasallik aniqlangan bo‘lib, ularning barchasiga ambulator va statsionar davolanish uchun yo‘llanma berildi. Bundan tashqari 40 va undan katta yoshdagi maktab o‘qituvchilari va maktabgacha ta’lim tarbiyachilarida yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni aniqlash bo‘yicha skrining tekshiruvi o‘tkazildi. Bunda endokrinolog va kardiolog kabi tor mutaxasisslar shu yoshdagi toifaga kiruvchi 309 nafar maktab o‘qituvchilari va maktabgacha ta’lim tarbiyachilarida skrining o‘tkazilganda 255 nafari amaliy sog‘lom ekanligi aniqlandi.
Maktab o‘qituvchilari va maktabgacha ta’lim tarbiyachilarining 35-55, 45-65 yoshli 388 nafar ayollari orasida bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni skriningi o‘tkazilganda kasallik aniqlanmadi.
Maktab o‘qituvchilari va maktabgacha ta’lim tarbiyachilarining tug‘ish yoshdagi (15-49 yosh) ayollar orasida o‘tkazilgan tibbiy ko‘riklar natijasida 114 nafarida kasallik aniqlanib, ambulator va statsionar sharoitda sog‘lomlashtirish uchun yo‘llanma berildi.
Obuna bo'lish
Ommabop xabarlar
Xiva shahar Tibbiyot birlashmasida
6-11-2024, 16:39
Xiva shahar tibbiyot birlashmasi
7-09-2024, 11:17
Xiva shahar tibbiyot birlashmasida
4-09-2024, 11:44
Ko‘krak suti sog‘lom kelajakka eng
16-08-2024, 11:36
E'LON
3-08-2024, 14:16