Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan elon qilingan "Keksalar salomatligi oyligi" doirasida Xiva shahar tibbiyot birlashmasida tashkil etilgan tibbiy ko‘riklar yakunlandi. Tibbiy ko‘rik yakuniga ko‘ra Viloyat markazlarining yuqori malakali tor soha mutaxassislari va Xiva shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bosh mutaxassislari tomonidan 8989 nafar nuroniylar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rik natijasida 8777 nafar nuroniylarda kasallik aniqlangan bo‘lib, shundan 1542 nafarida nevrologik, 4094 nafarida kardiologik, 355 nafarida oftalmologik, 348 nafarida urologik, 2181 nafarida endokrinologik hamda 257 nafarida boshqa kasalliklar kuzatilib mutaxassislar tomonidan davo choralari ko‘rildi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tgan nuroniylarning 180 nafarida stomotologik kasallik kuzatilib 148 nafari davolandi. Tish protezlari o‘rnatilishi rejalashtirilgan 21 nafar nuroniydan 7 nafariga tish protezlari o‘rnatib berildi.