Yangiliklar 24-10-2023, 16:56

Xorazm viloyati Bosh prokraturasi tashabbusi bilan 18-son maktabda Xiva shahar tibbiyot birlashmasi tomonidan profilaktik tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Xorazm viloyati Bosh prokraturasi tashabbusi bilan Qizil xududga kiruvchi axolini bandlik bilan taminlash, salotmatligini muxofaza qilish maqsadida 18-son maktabda bir qator tashkilotlar tomonidan tashabbus olib borildi. Tashabbus doirasida Bandlikka ko‘maklashish markazi, Xunarmandchilik maktabi xamda maktabgacha va maktab talimi bo‘limiga qarashli qator tashkilotlar doirasida sog‘liqni saqlash soxasidan Xiva shaxar tibbiyot birlashmasi o‘z tashabbuslari bilan qatnashdilar.
         Ushbu tadbir doirasida yoshlar  o‘rtasida “Sog‘lom ovqatlanish yarmarkasi”, “ Biz chekishga qarshimiz” o‘tkazilib,  yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzi tamoyillariga rioya  qilish, to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirish, kasalliklar profilaktikasi, reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish bo‘yicha targ‘ibot  ishlari olib borildi. Tibbiy ko‘rikda UTT, EKG va laboratoriya tekshiruvlari amalga oshirildi.
Tadbir davomida Xiva shaxri Qizil xududga kiruvchi Ichan Qala, Sangar, Mevaston, Yangi turmush, Shixlar maxallalarining 672 nafar axolisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tgan axolining 432 nafarini yoshlar tashkil qiladi. 
Respublika ko‘z mikroxirurgiya markazi Xorazm filialidan tashrif buyurgan “Mobil poliklinika” sida markazning yetuk mutaxasislari tomonidan ko‘zida muammosi bo‘lgan 268 nafar axoli tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, kerakli tavsiyalar berildi. 
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan 672 nafar axolidan 232 nafarida kasallik aniqlagan bo‘lib, ularning barchasiga  ambulator va statsionar davolanish uchun yo‘llanma berildi.  Bundan tashqari 40 va undan katta yoshdagi axoli o‘rtasida yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni aniqlash bo‘yicha skrining tekshiruvi o‘tkazildi. Bunda endokrinolog va kardiolog kabi tor mutaxasisslar shu yoshdagi toifaga kiruvchi 344 nafar axolini skrining o‘tkazilganda 312 nafari amaliy sog‘lom ekanligi aniqlandi. 
Qizil xududga kiruvchi axolini o‘rtasida o‘tkazilgan tibbiy ko‘riklar natijasida 232 nafarida kasallik aniqlanib, ambulator va statsionar sharoitda sog‘lomlashtirish uchun yo‘llanma berildi. Ambulator sharoitda davolanish uchun yo‘llanma olgan 112 nafar bemorlarga bepul dori-darmonlar berildi. 

     Sentyabr     
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul

Ommabop xabarlar

img
E'LON
3-08-2024, 14:16
Veb-saytimiz faoliyatini baholang