Yangiliklar:
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda Hamshiralar assotsiatsiyasi viloyat bo‘limi tomonidan 12-noyabr “Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan «Eng yaxshi tibbiy brigada hamshirasi» ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda viloyat davolash- profilaktika muassasalaridan saralab olingan 8 ta tibbiy brigada va amaliyot hamshiralari qatnashdilar. Tadbirda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Gulbika Allaberganova, VSSB bosh hamshirasi Bikajon Matchanova, Hamshiralar assotsiatsiyasi viloyat bo‘limi rahbari Zoya Shukurova, Abu Ali ibn Sino nomidagi Urganch jamoat salomatligi texnikumi direktori Nurilla Abdullayev va boshqalar so‘zga chiqib, barcha o‘rta tibbiyot xodimlarini bayram bilan qutladilar. Tanlovni o‘tkazishdan maqsadimiz oilaviy shifokorg pediatriya, terapiya, akusherlik, patronaj bo‘yicha yordam beruvchi o‘rta tibbiyot xodimlaridan iborat tibbiyot brigadalarining bilim va malakasini yanada oshirish, sohaga doir meyoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng targ‘ib etish va bu orqali birlamchi tizimda ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini oshirishdir,-deydi bosh hamshira Bikajon Matchanova. Ishtirokchilar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar, xususan sog‘liqni saqlash tizimidagi yangiliklar, sohaga doir qaror va farmonlar ijrosini ta’minlashda hamshiralarning o‘rni va vazifalariga doir savollar doirasida bellashdilar. Beshta shart bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra Gurlan tuman tibbiyot birlashmasi tibbiy brigada hamshirasi Gulasal Yadgorova birinchi, Yangibozor tumanidagi 63-son oilaviy poliklinika tibbiy brigada hamshirasi Hilola Abdullayeva hamda Xiva shahridagi 1-son oilaviy poliklinika amaliyot hamshirasi Oyshajon Matchanova ikkinchi, Yangiariq tuman tibbiyot birlashmasi 60-son oilaviy poliklinika amaliyot hamshirasi Ruxsora Abdullayeva uchinchi o‘rinni egalladi. G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Obuna bo'lish
Ommabop xabarlar
Xiva shahar Tibbiyot birlashmasida
6-11-2024, 16:39
Xiva shahar tibbiyot birlashmasi
7-09-2024, 11:17
Xiva shahar tibbiyot birlashmasida
4-09-2024, 11:44
Ko‘krak suti sog‘lom kelajakka eng
16-08-2024, 11:36
E'LON
3-08-2024, 14:16