Yangiliklar 15-11-2023, 09:58

Xiva shahrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan, darajasida ambulator va statsionar sharoitda ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro‘yxatini tasdiqlash haqida seminar bo'lib o'tdi.

Sog‘liqni saqlash vazirining 2023-yil 13-oktyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan, tuman (shahar) darajasida ambulator va statsionar sharoitda ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro‘yxatini tasdiqlash haqida"gi 41-son buyrug‘i ijrosi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 30 oktyabrdagi 01-10/25411-son ko‘rsatma xati ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi birinchi o‘rinbosari U.Abdullayev, davolash bo‘limi boshlig‘i D.Kuryozov, Xiva  shahar tibbiyot birlashmasi rahbari R.Pirnazarov  tomonidan 14 noyabr kuni Xiva shaxar hokimligida 21 mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va KTMP ,OP mudirlariga seminar o‘tkazildi.
Seminarda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi birinchi o‘rinbosari U.Abdullayev so'zga chiqib birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida aholini elektron dastur orqali BTSYOM biriktirish, elektron poliklinikani joriy qilish, homiladorlarni kuzatish va bolalar patronaji, profilaktik ko‘riklar,1 yoshgacha bolalar tug‘ruqxonadan chiqqanidan keyin 3 marta, keyinchalik xar oyda 1 marta, 1-3 yoshli bolalar har chorakda 1 marta, 3-5 yoshli bolalar har 6 oyda 1 marta, 6-18 yoshli bolalar 1 yilda 1 marta guruhlarga tasniflash,18-40 yoshlilar 1 yilda 1 marta profilaktik ko‘rik, salomatlik guruhlariga tasniflash, skrining va kasalliklarni erta aniqlash dasturlari, 2-10 yoshli bolalar gelmentozga tekshirish,  3-18 yoshli bolalar onkogematologik kasalliklar skriningi 1 yilda 1 marta, 40 yosh va undan katta yoshdagi aholi 1 yilda 1 marta salomatlik guruhlariga taqsimlash, 35-55 yoshli ayollar bachadon bo‘yni saratoni skriningi 2 yilda 1 marta,45-65 yoshli ayollar ko‘krak bezi saratoni skriningi 2 yilda 1 marta, 15-49 yoshli hotin qizlar 1 yilda 1 marta profilaktik ko‘rik, sil kasalligi bo‘yicha xavf guruhiga mansub aholi1 yilda 1 marta, dispanser nazorati, kasallikning rivojlanish bosqichiga ko‘ra yiliga 2-6 marta (klinik protokol va standartlarga asosan), kunduzgi shifoxona, laborator tahlillar, instrumental tekshiruvlar, dori vositalari, sarflov materiallari va tibbiy buyumlar xamda Statsionar tibbiy yordam ko‘rsatishning turlari bo‘yicha bemorlarni qabul qilish va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, ko‘rsatmaga ko‘ra shoshilinch yordam ko‘rsatish, rejali tibbiy yordam ko‘rsatish, diagnostika tekshiruvlari, laboratoriya tekshiruvlari, davolash, muolaja va amaliyotlar, tug‘ruq jarayonida tibbiy yordam ko‘rsatish, bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga murakkab neonatal holatlarda tibbiy yordam ko‘rsatish, yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarni qabul qilish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va davolash, alkogol, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lgan shaxsni  qabul qilish, unga tibbiy yordam ko‘rsatish, reabilitatsiya yordamini ko‘rsatish, palliativ tibbiy yordam, mehnatga vaqtincha layoqatsizlikni ekspertiza qilish, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasalliklar, o‘limni qayd qilishni rasmiylashtirish to‘g‘risida gapirib o‘tdilar.

     Dekabr     
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul

Ommabop xabarlar

img
E'LON
3-08-2024, 14:16
Veb-saytimiz faoliyatini baholang