Prezident qaror va farmonlari 23-12-2021, 15:21

SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMIDA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLARNI IZCHIL DAVOM ETTIRISH VA TIBBIYOT XODIMLARINING SALOHIYATINI OSHIRISH UCHUN ZARUR SHART-SHAROITLAR YARATISH TO‘G‘RISIDA

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
FARMONI
SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMIDA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLARNI IZCHIL DAVOM ETTIRISH VA TIBBIYOT XODIMLARINING SALOHIYATINI OSHIRISH UCHUN ZARUR SHART-SHAROITLAR YARATISH TO‘G‘RISIDA

Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, aholi salomatligini saqlash borasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida, shuningdek, jamoatchilik tomonidan tibbiy xizmatlar ko‘lami va sifatini oshirish yuzasidan bildirilgan takliflarni inobatga olib:
1. Oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda “tibbiyot brigadalari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari tomonidan aholiga yanada sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatish qamrovini kengaytirish uchun 2021-yil 1-iyuldan boshlab 10 mingta, 2022-yil 1-yanvardan boshlab esa yana qo‘shimcha 10 mingta o‘rta tibbiyot xodimlari shtatlari ajratilsin.
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A.M. Xadjibayev):
Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-iyunga qadar oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar hamda tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari ehtiyojidan kelib chiqib, ularning yangilangan shtat normativlarini tasdiqlasin;
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va yetakchi xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda, 2021-yil 1-avgustga qadar o‘rta tibbiyot xodimlari maqomini oshirish nuqtai nazaridan ularning malaka talablari, vazifalari, vakolatlari, javobgarligi, ixtisoslik yo‘nalishlarini kengaytirish, lavozimlarini, shuningdek, o‘quv dasturlari va rejalarini to‘liq qayta ko‘rib chiqqan holda, o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirsin hamda uni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab to‘liq joriy qilsin.
2. Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining ehtiyoj mavjud bo‘lgan og‘ir sharoitli tuman (shahar)lar tibbiyot birlashmalari rahbarlari lavozimlariga respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, ularning filiallari, oliy tibbiyot ta’lim muassasalari, ular huzuridagi klinikalarning malakali rahbar xodimlari va mutaxassislarini shartnoma asosida muayyan muddatga jalb qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari ushbu rahbar xodimlar va mutaxassislarga asosiy ish joyidagi o‘rtacha oylik ish haqi miqdorini saqlagan holda, ular jalb qilingan tibbiyot birlashmasi rahbari lavozimidagi oylik ish haqini to‘liq to‘lab berilishini, ushbu xarajatlar hamda ularning uy-joy ijarasi to‘lovlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobidan qoplab berilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-maydagi PF-136-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 06/22/136/0425-son)
4. 2021-yil 1-iyuldan boshlab hamshiralik ishi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga kiritilsin.
Hamshiralik ishi faoliyatini amalga oshirishga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun o‘rnatilgan tartib bilan bir qatorda quyidagi talablar belgilansin:
hamshiralik ishi faoliyatini faqat o‘rta tibbiy yoki oliy hamshiralik ishi yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli axborot tizimida 2022-yil 1-yanvardan boshlab ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar amalga oshirishi;
tibbiy muolajalar mazkur Farmonning 1-bandi to‘rtinchi xatboshisiga muvofiq o‘rta tibbiyot xodimlari maqomini oshirishdan kelib chiqib bajarilishi;
hamshiralik ishi faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxs belgilangan muddatlarda o‘z malakasini oshirib borishi.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda o‘rta tibbiyot xodimlari tomonidan o‘zini o‘zi band qilgan holda hamshiralik ishi faoliyatini amalga oshirish tartibini tasdiqlasin.
5. Sog‘liqni saqlash vazirligi (A.M. Xadjibayev) 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab klinik ordinatura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul kvotasini ikki baravarga oshirsin.
Bunda, quyidagilarni nazarda tutuvchi klinik ordinaturada o‘qitishning yangi tizimi joriy etilsin:
a) klinik ordinatura o‘quv davrining ikkinchi yili hududlardagi ixtisoslashgan tibbiyot markazlari filiallarida, viloyat bolalar va kattalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazi filiallarida o‘tkaziladi, shuningdek, ma’lum bir qismi ish joyida davom ettiriladi;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan:
hududga zarur bo‘lgan tor mutaxassislikdagi shifokorlarni tayyorlash uchun tegishli mahalliy budjetdan yetarli miqdorda grant ajratiladi hamda mazkur grant asosida ta’lim olgan bitiruvchilarga tegishli hududga borib, uch yil ishlab berish majburiyati yuklatiladi;
hududga faoliyat yuritish uchun yuborilgan tor mutaxassislikdagi shifokorlarning yashash xarajatlari mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
6. 2021-yil 1-iyuldan boshlab nodavlat tibbiyot tashkilotlariga quyidagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga ruxsat berilsin:
maxsus avtotransport vositasida tashkil etiladigan “mobil tibbiyot” xizmati yordamida joyiga chiqqan holda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish;

Davomi LEX.UZ saytida

     Sentyabr     
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul

Ommabop xabarlar

img
E'LON
3-08-2024, 14:16
Veb-saytimiz faoliyatini baholang